Qo‘shimcha ovqatlar gormonal buzilishga sabab bo‘ladi
Ratsionida doimiy ravishda qo‘shimcha ovqatlar bo‘ladigan odamlarda gormonal muhit buzilishi mumkin. Olimlar bu borada tajriba o‘tkazdi: naychali hujayralardan gormon ajratuvchi to‘qimalarni o‘stirishdi. To‘qimalarga uchta keng tarqalgan qo‘shimcha ovqatlar ta’siri yo‘naltirildi.
Chips, popkorn kabi mahsulotlar qadog‘ining ichki qoplamasida, shuningdek, dengiz mahsulotlari tarkibida har hil zararli birikmalar bo‘lishi mumkin.
Ushbu birikmalarning har biri gormonal muhitga joylashadi. Xususan miya va ichaklar aloqasini ta’minlovchi gormonlar ko‘p zarar ko‘radi. Aynan shu birikmalar sababli miya to‘yganlik haqidagi signallarni qabul qila olmaydi. Bu esa me’yoridan ortiq ovqatlanishga olib keladi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.