Oshqovoq haqida qiziqarli ma’lumotlar
- Oshqovoq bundan sakkiz ming yil oldin ham odamlarga ma’lum bo‘lgan. Uni dastlab Janubiy Amerika aholisi qo‘llab ko‘rgan. Endilikda oshqovoq yer yuzining qutbdan tashqari barcha hududlarida o‘sadi.
- Oshqovoq ko‘p yillik va bir yillik bo‘ladi. Uning sariq, qizil, yashil, ko‘k va kulrang turlari mavjud.
- Oshqovoqning yovvoyi tarzda o‘suvchi, shuningdek, yem-hashak, bezak va oziq-ovqat uchun ekiladigan navlari ham bor.
- Kattaligi bo‘yicha rekord darajadagi oshqovoqlarning og‘irligi 900 kilogrammgacha yetadi.
- Bu mahsulotdan birinchilardan bo‘lib foydalangan hindular uni urug‘i uchun yetishtirishgan. Oshqovoq urug‘ini uzoq vaqt saqlash mumkin bo‘lgan. Laxm joylarini olovda toblab ovqat uchun ishlatgan.
Oshqovoq uyquni me’yorga keltirishda samarali foyda beradi.
Oshqovoq tarkibidagi T vitamini moddalar almashinuvini yaxshilaydi, yog‘larni eritishga va og‘ir ovqatlarning hazm bo‘lishiga yordam beradi. Bundan tashqari, uning tarkibida A, S va Ye vitaminlari, kalsiy, fosfor, magniy kabi elementlar mavjud.
Oshqovoq urug‘i – aminokislotalar koni. Uning 100 grammi odamning aminokislataga bo‘lgan sutkalik ehtiyojini ta’minlay oladi.
Oshqovoq kaloriyasi past (100 grammida 22–25 kkal), lekin sog‘liq uchun muhim modda – sellyulozaga boy mahsulot sanaladi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.