Uyqu yetishmovchiligining zararlari

Medisys kompaniyasi xodimlari o‘tkazgan yangi tadqiqot muntazam ravishda to‘yib uxlamaslik (olti soatdan kam uxlash) semizlik, depressiya, infarkt va insult xavfini oshirishini ko‘rsatdi.

18 soat uyg‘oq yurish aqliy funksiyalarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, diqqatni jamlash va belgilangan vazifalarni bajarish qobiliyatlariga zarar yetkazadi. Shuning uchun surunkali uyqusizlik paytida mashina haydash xavfli.

Shuningdek, mutaxassislar uyqu ishtaha bilan bog‘liq gormonlar darajasining muvozanatini boshqarishda ham muhim ahamiyatga egaligini ta’kidlamoqda. Chala uxlangan paytda ishtaxa yaxshi bo‘ladi, natijada odam me’yoridan ortiq ovqatlanadi. Yaqinda o‘tkazilgan boshqa bir tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, uyqu yetishmovchiligi miya faoliyatining buzilishiga ham sabab bo‘ladi. Buning oqibatida Alsgeymer va boshqa asab kasalliklari kelib chiqishi mumkin.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Yangi vaksina yordamida eng xatarli teri saratonini ham yo‘qotish mumkin

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: