Yangi test surunkali xorg‘inlik sindromini aniqlashga yordam beradi

Surunkali xorg‘inlik sindromi – uzoq hordiqdan keyin ham yo‘qolmaydigan charchoq bilan xarakterlanadigan kasallik. Stenford universiteti tadqiqotchilari uning yallig‘lanish kasalligi ekanini ta’kidlamoqda.

Mutaxassislar surunkali xorg‘inlik sindromidan aziyat chekuvchi odamlarning qon namunalarini tekshirib ko‘rdi. Ishtirokchilarda kamida 17 sitokin (yallig‘lanish belgisi)ning yuqori darajasi qayd etildi. Bu sitokinlarning miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, xorg‘inlik shuncha og‘ir kechadi. Tadqiqotchilarning so‘zlariga qaraganda, yangi test kasallik diagnostikasini ancha osonlashtiradi.

Oldinroq Korneliya universiteti xodimlari ichak va qon mikrofloralarida surunkali xorg‘inlik sindromining biomarkerlarini topgan edi. Tadqiqot bu kasallikka yo‘lliqqan kishilarda ichaklar mikroflorasi zaif bo‘lishini ko‘rsatgan. Bundan tashqari, ularda yallig‘lanishga qarshi bakteriyalar miqdori sog‘lom odamlarnikiga nisbatan sezilarlicha kamligi ma’lum bo‘lgan.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Organizmimizni sovuqqa moslashtiramiz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: