Yuqori harorat organizmga qanday ta’sir o‘tkazadi?

  • Inson organizmi quruq havoda +71 gradusga 1 soat, +93° ga 30 daqiqa, +104° ga 20 daqiqa davomida chiday oladi. Bu boradagi rekord natija +200°. Rekord o‘rnatgan odam termokamerada bir necha daqiqa tura olgan.
  • Eng yuqori harorat 1992 yili Saudiya Arabistoni va Liviyada kuzatilgan (soyali joyda +58 gradus).
  • Inson tanasining normal harorati 36,6 S°, agar u atigi 2 gradusga ko‘tarilsa lohaslik paydo bo‘ladi, 5 gradusga ortadigan bo‘lsa, hujayralar parchalanishi jarayoni boshlanadi.
  • Inson tanasi terlash orqali soviydi. 1 litr ter ajralib chiqqanida 540 kilokaloriya energiya yo‘qoladi. +37–39 gradus sharoitda organizm soatiga 300 millilitr suv ajratib chiqaradi, +40 dan ko‘tarilganda 1–2 litrgacha yetadi.
  • Ba’zi jonivorlarda ter bezlari bo‘lmaydi. Qushlar, it va mushuklar nafas olish hisobiga salqinlaydi.
  • 26° dan yuqori haroratning har bir gradusi mehnat samaradorligini 10 foiz kamaytiradi. Yuqori harorat organizmga bosim o‘tkazadi. Bunday holatda diqqatni jamlash va axborotni qayta ishlash qiyinlashadi.
  • Tunisdagi Matmata shahri aholisi jaziramadan saqlanish uchun turar-joylarini yer ostiga qurishadi.
  • Yer yuzidagi eng issiq joy Kaliforniyadagi “O‘lim vodiysi” nomli cho‘l maydoni. U yerda harorat (soyali joyda) +57 gradusni tashkil qiladi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Haydovchilar uchun mobil dastur

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: