Hasharotlardan himoyalovchi gadjet

Yoz mavsumida turli zararli hasharotlar, ayniqsa, chivinlar bizga yetarli darajada muammo tug‘diradi.

Dunyo bozorlariga chiqarilishi rejalashtirilgan yangi qurilma insonni ana shunday zararli hasharotlardan himoya qiladi.

“Thermacell Radius Zone Mosquito Repeller” deb nomlanuvchi mazkur uskuna 6 soat mobaynida litiy-ion akkumlyatoridan quvvat oladi va bu unga 12 soat davomida ishlashi uchun yetarli bo‘ladi. U o‘zidan taralayotgan hid orqali himoya maydonini hosil qiladi. E’tiborlisi, bu isni inson sezmaydi va u mutlaqo xavfsizdir.

Gadjet ishlash jarayonida 4,6x4,6 metrlik maydonni zararkunanda hasharotlardan to‘laligicha himoyalay oladi. Undan uy ichida, chodirda, avtomobilda va shu bilan bir qatorda ochiq osmon ostida foydalanish mumkin.

X. HUSENOVA

Yana o‘qing:  Google Play’da viruslarning xavfli turi paydo bo‘ldi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: