Yangi tish pastasi tishlarning sezuvchanligini kamaytirishda yordam beradi

Ba’zi odamlar tishlarining sezuvchanligi yuqori bo‘lgani uchun issiq va sovuq ichimliklarni ichishdan o‘zini olib qochadi. Tish sezgirligini kamaytiruvchi mavjud pastalarning ta’siri esa tez yo‘qoladi. Uxan (Xitoy) universiteti olimlari yangi tish pastasini ishlab chiqdi. U tish sezuvchanligini pasaytiradi va kariyesning oldini oladi, deb xabar beradi The Daily Mail nashri.

Oldingi tadqiqotlar fitokimyoviy birikmalar kariyesga sabab bo‘luvchi bakteriyalarga qarshi kurashishini ko‘rsatgandi. Shuning uchun tadqiqotchilar tishni mustahkamlovchi pastalar tarkibiga ko‘k choydagi gallat epigallokatexin moddasini qo‘shgandi.

Mutaxassislar sug‘urilgan aql tishlarida yangi aralashmani sinab ko‘rishdi. Natijada, u dentin (tishning suyak to‘qimalari) kanallarini to‘ldirishi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, aralashma kamida 96 soat davomida gallat epigallokatexin moddasini ajratib berib turadi va tishning yemirilishiga to‘sqinlik qiladi. Tadqiqotchilar aralashmaning zaharlilik darajasi pastligini ta’kidlamoqda.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Egiluvchan smartfon

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: