Ismaloq Alsgeymer kasalligiga moyil insonlar uchun zararli
Alsgeymerga moyil insonlarda ismaloq kasallikni qo‘zg‘atishi mumkin. Ismaloq tarkibida temir moddasi ko‘pligi uchun miyaga zarar yetkazadi, deb yozadi The Daily Mail nashri. Uning ta’sirini metall zangi bilan tenglashtirsa bo‘ladi. Agar odamda temr moddasi bilan birga amiloid oqsili miqdorining ham yuqoriligi kuzatilsa, aqliy zaiflik ehtimoli anchagina ortadi.
Agar temir miqdori kam bo‘lib, amiloid oqsili darajasining yuqori bo‘lishi, aksincha, kasallik xavfini kamaytiradi. Demak, bosh miyadagi temir miqdorini boshqarish orqali Alsgeymer rivojlanishini tezlatish yoki sekinlashtirish mumkin.
Endilikda olimlar temir bilan bog‘liq preparatlar Alsgeymer kasalligida foyda berish-bermasligini tekshirib ko‘rmoqchi. Shuningdek, olimlar ratsiondagi temir miqdori bilan uning miyadagi ko‘rsatkichiga ta’sirini ham aniqlashga harakat qilyapti.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.