Tuzni ko‘p miqdorda iste’mol qilishning zararlari
Harvard universitetida o‘tkazilgan tadqiqot ikki choy qoshiq tuz yurakka zarar yetkazish uchun yetarli ekanini tasdiqladi, deb xabar beradi The Daily Mail nashri. Iste’mol qilingan 3,73 gramm tuz (ikki choy qoshiq) yurak kamerasining kattalashuvi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ma’lumki, muskullar ko‘p ishlab charchasa, yurak kattalashadi. Bunga qon bosimining ko‘tarilishi sabab bo‘lishi mumkin. Natijada yurakka og‘irlik tushadi va yurak urishi chastotasi ortadi. Ortiqcha tuz yurak xuruji, insult va buyrak kasalliklariga olib keladi.
Olimlar tavsiya qilgan normaga ko‘ra, katta yoshli odamlar kuniga to‘rt choy qoshiqdan ortiq tuz iste’mol qilmasligi kerak. Lekin odatda odamlar, ayniqsa tez pishar ovqatlarni yoqtiradiganlar me’yoridan ko‘proq tuz iste’mol qiladi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.