Yangi dori yordamida meningit xavfini bartaraf qilish mumkin

Britaniyalik mutaxassislar burunga tomiziladigan yangi dori ishlab chiqdi. Bu noyob tomizg‘i meningit va boshqa infeksiyalar rivojlanishining oldini olish xususiyatiga ega, deb xabar beradi Zee News nashri. Taxminan 10 foiz o‘smirlarning burun bo‘shlig‘ida Neisseria meningitides bakteriyasi bo‘ladi. U epidemiyali meningitni yuzaga keltiradi.

Lekin bu bakteriya ba’zan qon oqimiga tarqaladi va nafaqat meningit, balki sepsis (qonga kirgan zararli mikroblar tufayli butun organizmning zaharlanishi) kasalligini ham keltirib chiqaradi. Meningit simptomlari paydo bo‘lishidan to‘rt soat o‘tib, bakteriya o‘lim xavfini tug‘dirishi mumkin.

Sautgempton universiteti olimlari ushbu muammoga yechim topishdi. Ular burun bo‘lig‘ida yashaydigan zararsiz bakteriyalarga maxsus gen o‘rnatdi.

O‘zgartirilgan bakteriya Neisseria meningitides ga qarshi to‘siq vazifasini bajaradi. U burunda mustahkam o‘rnashadi va kuchli immunitetni hosil qiladi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Koreyalik olimlar saratonga qarshi yangi dori ustida ish olib boryapti

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: