Alkogol ruhiy siqilishni bartaraf qilishga yordam bermaydi

Aksariyat odamlar ruhiy siqilishni spirtli ichimliklar yordamida bartaraf qilishga urinadi. Bu usul befoyda bo‘lishi bilan birga, xavfli tomonlari ham bor. Zee News nashri xabar berishicha, stress paytida alkogol iste’mol qilish ichkilikka qaramlik va bezovtalikni keltirib chiqaradi.

Ruhiy siqilish ko‘p ichkilik ichishga olib keladi. Surunkali ichish esa stressga nisbatan normadan tashqari reaksiyani hosil qiladi. Qaramlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun moslashuvchan fe’l-atvorga tayanish zarur. Bu bosh miya old qobig‘ining asosiy funksiyasi hisoblanadi.

Sichqonlarda sinab ko‘rilgan tajribalar orqali stress holatida alkogol ichish aqliy qobiliyatni boshqaruvchi neyron to‘rlaridagi signal sistemasining buzilishiga olib kelishi ma’lum bo‘ldi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Saxiy tabiatning sarxil tuhfasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: