Dorilarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash bilan bog‘liq loyiha ishlab chiqildi

O‘zbekistonda dorilarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash bilan bog‘liq loyiha ishlab chiqildi, yagona davlat portalida Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi muhokama etilmoqda. Unga muvofiq ijtimoiy ahamiyatli dori vositalari va tibbiy yo‘nalishdagi buyumlarga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Qoidani tasdiqlashni rejalashtirmoqda.

Ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar va atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan kasalliklar ro‘yhati tartibini o‘rnatish taklif qilinmoqda.

Ijtimoiy ahamiyatli dori vositalari va tibbiy yo‘nalishdagi buyumlar uchun kelgusi yilda bo‘ladigan ehtiyojlarni belgilashda davolash standartlari va klinik qo‘llanmalar va, shuningdek, aholi va kasallar soni statistikasidan foydalaniladi.

Joylarda dorilarga bo‘lgan jamlangan ehtiyojlarni davolash — profilaktika muassasalari belgilashadi. Ehtiyojlar bo‘yicha aniqlangan ma’lumotlar jamlangan buyurtmalarni shakllantirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar Sogliqni saqlash bosh boshqarmasiga beriladi.

Yana o‘qing:  “ XUMO-ARENA”DA BRIFING BO‘LIB O‘TDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: