Bosh og‘rig‘ining asosiy sabablari

Bosh og‘rishi deyarli har birimizda uchraydigan holat. Ba’zida u bizni ishdan qoldiradi, ba’zida asabiylashishimizga sabab bo‘ladi, ba’zida esa charchatib qo‘yadi. Bosh og‘rig‘ining 10 asosiy sababi quyidagilardan iborat:

  1. Stress

Ba’zida stress, ko‘p ishlash va asabiylashish bosh og‘riqqa olib kelishi mumkin.

  1. Ob-havo va undagi o‘zgarishlar

Havo haroratining o‘zgarishi, quyosh nurlarining yetishmasligi va atmosfera bosimini o‘zgarishi asab tizimiga salbiy ta’sir etishi mumkin.

  1. Gormonlar o‘ynashi

Bu ko‘proq ayollarga tegishli bo‘lgan holat bo‘lib, ovulyasiya davrida gormonlar balansi buzulganligi natijasida ro‘y beradi.

  1. Alkogol ichimliklar

Alkogol ichimliklar, ayniqsa qizil vino “boshga uradi”.

  1. Ochlik

Uzoq vaqt davomida och bo‘lib qolish, organizmda toksinlarni ko‘payishiga olib keladi, bu esa bosh og‘riqni yuzaga keltiradi.

  1. Uyqusizlik yoki aksincha, ko‘p uxlash

Uyqusizlik ko‘p uxlash kabi bosh og‘rig‘ini keltirishi mumkin.

  1. Mushaklarning zo‘riqishi

Uzoq vaqt davomida noqulay holatda bo‘yinni ushlash (masalan kompyuter oldida) yoki boshqa mushaklarga zo‘riqish beradigan holatda bo‘lish bosh og‘riqni keltiradi.

  1. Ko‘zning toliqishi

Ko‘z asablarining zo‘riqishi (televizor ko‘rish, sifatsiz video ko‘rish va hokazo) bosh og‘riqni yuzaga keltirishi mumkin.

  1. O‘tkir hidlar

Kosmetika, atir, kir yuvish vositalari asab tizimini kuchli qo‘zg‘atadi.

  1. Boshqa sabablar

Undan tashqari bosh og‘riq 50 dan ortiq kasallik alomati bo‘lishi mumkin.

Maqola yoqqan bo‘lsa, do‘stlaringiz bilan bo‘lishing!

Manba: sof.uz

Yana o‘qing:  TISHLAR HAQIDA BAHSLI FIKRLAR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: