Sog‘lom oila – sog‘lom bola

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari davlat dasturi to‘g‘risida»gi qarori hamda «Obod turmush yili» davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida «Sog‘­lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasining Tibbiy-ijtimoiy markazi bir qator xayrli ishlarni amalga oshirmoqda.

Kuni kecha Tibbiy-ijtimoiy markaz hamda Mirobod tuman Tibbiyot birlashmasi hamkorligida tumanning «Chinor» mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘p bolali oilalardagi tug‘ish yoshidagi ayollar, o‘smirlar va bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik davomida Siyara Jambekova, Nasiba Gapparova, Nigina Sa’dullayeva, Shohista Mahamadjonova, Zilola Mirzakarimova kabi tibbiyot xodimlari aholini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar berishdi. Shuningdek, tuman aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan «Reproduktiv salomatlik haqida», «Erta nikohlarning salbiy oqibatlari», «Qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh nimasi bilan xavf­li?» mavzusidagi ma’ruzalar barchada qiziqish uyg‘otdi. Ko‘rik davomida «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasining Tibbiy-ijtimoiy markazi tomonidan bemorlarga xayriya sifatida dori-darmonlar tarqatildi.

J. HAYDAROVA

Yana o‘qing:  Karkidon qush keltirildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: