Kimning xati chiroyli?

Jizzax shahridagi 4-umumta’lim maktabida o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlovlar, qiziqarli bellashuvlar, uchrashuv va davra suhbatlari o‘quvchilarning bilim-ko‘nikmalarini mustahkamlash borasida alohida ahamiyatga ega.

Chunki, ushbu tadbirlarning asosiy qismini bolajonlarning o‘zlari ustozlari boshchiligida tashkillashtirishadi. O‘quvchilar tomonidan ijro etilgan quvnoq qo‘shiq va she’rlar, jozibali raqs­lar hamda sahna ko‘rinishlari ushbu tadbirlarni haqiqiy bayramga aylantirib yuboradi. Saboq jarayonida interfaol usullardan keng foydalanayotgan malakali ustozlarning tajribasi yosh o‘qituvchilarga tajriba maktabini o‘tamoqda. «Ona tili va adabiyot» fani o‘qituvchilari D.Azimova, N.Luqmonova, N.Xidirova, I.Mamayunusovalarning yil davomida o‘tkazgan fan oyliklari, ochiq darslari o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Kuni kecha maktabning 5-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan «Kimning xati chiroyli?» tanlovi ham yangi iqtidor egalarini kashf etdi. Ta’lim maskani rahbari Usmon Meliyev, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Abduvali Hasanovlar g‘olib o‘quvchilarga faxriy yorliqlar hamda badiiy kitoblar topshirishdi.

Mahliyo TILOVOVA,

4-umumta’lim maktabi o‘quvchisi

Yana o‘qing:  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga sharh

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: