Yutuq va kamchiliklar sarhisobi

Aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘­lom turmush tarzini targ‘ib etish masalalari yurtimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bu borada ko‘plab tashkilot va muassasalar hamkorlikda samarali faoliyat olib borishmoqda.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida videomuloqot bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda O‘zbekiston Sog‘­liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, «Mahalla» jamoat fondi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» DAK, “O‘zbekiston Havo yo‘llari”, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarda videomuloqotlar tashkil etilib, tashkilotlarning hududiy boshqarma vakillari ishtirok etdilar.

Videomuloqot ishtirokchilari tomonidan 2009 yildagi «Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» hamda «2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari davlat dasturi to‘g‘risida»gi qarorlarining ijrosi, bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Bunda ayniqsa, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakl­lantirish va tibbiy madaniyatni oshirishni keng targ‘ib etish bo‘yicha xududiy qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarni tibbiy madaniyat maskaniga aylantirish muhim ekanligi qayd etildi. Shuningdek, OIV va OITS kasalligini profilaktika qilish, xorijda ishlab qaytgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tishlarini ta’minlash hamda ular haqida xabar berish tizimini takomillashtirish hamkor tashkilotlarning doimiy e’tiborida bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Basitxanova ishtirok etdi.

M.XO‘JAMURODOVA

Yana o‘qing:  “Islom birdamlik o‘yinlari”. Uch karatechimiz bronza uchun kurashadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: