El salomatligi e’tiborida

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida aholiga tibbiy yordam, xususan, endokrinologik xizmat ko‘rsatish borasida juda katta o‘zgarishlar amalga oshirildi.

Milliy Matbuot markazida o‘tkazilgan tadbir ana shu mavzuga bag‘ishlandi. Endokrinologiya yo‘nalishida tibbiy yordam ko‘rsatish sog‘­liqni saqlash tizimida alohida o‘rin tutadi. Chunki, endokrin kasalliklar ko‘p hollarda surunkali kechadi hamda nogironlik va mudhish oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Shu bois respublikamizda qandli diabet bilan xastalangan bemorlarga aniq tashxis qo‘yish va ularni davolash maqsadida 14 ta endokrinologik dispanser faoliyat ko‘rsatmoqda. Joylarda tashkil etilgan 505 ta endokrinologik xonalarning 176 tasi bolalar endokrinologik xonalaridir.

O‘zbekistonda endokrinologiya sohasiga doir xizmatlarni Respublika ixtisoslashgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarligida muvofiqlashtiradi. Mutaxassislar tomonidan ushbu tizimda qalqonsimon bez kasalliklari eng ko‘p uchrashi qayd etildi. Qandli diabet va boshqa endokrin xastaliklarni davolash imkoniyatlari ham ancha kengayganligi, shuningdek, ushbu sohaga doir tibbiy muassasalar eng so‘nggi rusumdagi tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlanganligi ta’kidlandi. Endokrin kasalligiga chalingan bemorlardan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va bolalarning imtiyozli davolanishi yo‘lga qo‘yilganligi haqida axborot berildi.

Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Asilbek Xudayarov ommaviy-axborot vositalari xodimlarining savollariga atroflicha javob berdi.

O‘z muxbirimiz

Yana o‘qing:  2017 yil qaysi OTMda hujjatlarni onlayn qabul qilish joriy etiladi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: