Insonning stress holatida ekanini qanday bilish mumkin?
Inson organizmi stressni turlicha qabul qiladi. Agar tana streesga xorg‘inlik bilan reaksiyaga kirishsa, odam karaxtlikka yo‘liqadi. Uyqu quvvatni tiklashga va stressni yengishga yordam beradi. Mutaxassislar fikricha, stressga nisbatan reaksiyaning turli shakllari mavjud.
Bunga qotib qolish holati bilan namoyon bo‘ladigan reaksiyani misol qilib keltirish mumkin: inson ruhiy kechinmalar qurshovida qolishi natijasida ma’lum muddat harakatsiz turib qoladi.
Yana bir misol – bu reaksiyada odam boshqa narsaga bo‘ysunadi va mavjud sharoitga umuman qarshilik ko‘rsatolmaydi.
Karaxtlik holatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ko‘p miqdordagi aqliy va jismoniy topshiriqlar stressni keltirib chiqaradi, shuningdek, ularni bajarish ko‘p kuch sarflashni talab qiladi. Bu paytda miya quvvat yetishmovchiligini his qiladi, uyqu esa miyadagi shakar zaxirasini (quvvat manbai) tiklashga imkon beradi. Reaksiyaning oxirgi shakli bolalarda kuzatiladi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.