Kashfiyot: Alsgeymerga yo‘liqqan bemorlarning miyasida bakteriya miqdori ko‘p bo‘ladi

Olimlar ajoyib kashfiyot qilishdi: Alsgeymer (miya sklerozi) kasalligiga yo‘liqqan odamlarning miyasida bakteriya miqdori ko‘p bo‘lishini aniqladi. Bakteriya tufayli paydo bo‘lgan yallig‘lanish kasallik omili bo‘lishi mumkin, deb yozadi Live Science nashri. Alsgeymer kasalligi davrida hujayralarning o‘lishi zaharli beta-amiloid oqsili sababli yuz beradi.

Odatda, Alsgeymerga chalingan bemorlarning miyasida yallig‘lanish belgilari bo‘ladi. Bunday yallig‘lanish miyadagi bakteriyalar reaksiyasi natijasida yuzaga keladi. To‘g‘ri, miyada xavfli moddalardan saqlovchi himoya to‘sig‘i mavjud, lekin u bemorlarda yaxshi ishlamaydi.

Olimlar sakkizta bemor va olti nafar sog‘lom odamning miyasini tekshirib ko‘rib shunday xulosaga keldi. Mutaxassislar miyadagi bakteriyali organizmlarning DNK ketma-ketligini aniqladi. Alsgeymerga yo‘liqqan bemorlarning miyasida bakteriyalarning genetik izchilligi sog‘lom odamlarnikiga qaraganda yetti marta ko‘proq ekani ma’lum bo‘ldi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Yod tanqisligi jiddiy muammoga sabab bo‘ladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: