Sport xabarlari

Turnir yakunlandi

Poytaxtimizdagi Markaziy harbiy sport klubida 10 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida tennis bo‘yicha respublika ochiq turniri yakunlandi.

135 nafar yosh sportchi ishtirok etgan musobaqa qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi. Yakunda Maftuna Qahramonova, Iso Muxtorov, Valentina Shleyn, Aziz Dadaboyev, Nuriddin Baxtiyorov turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Osiyo chempionati davom etmoqda

Xitoy Xalq Respublikasining Panszin shahrida shaxmat bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.

Musobaqa shu yilning 20-30 iyul kunlari o‘tkazilib, yurtimiz sharafini 11 nafar o‘quvchi-yoshlar himoya qiladi.

Mazkur nufuzli turnirda qit’amizning yigirma beshga yaqin davlatidan kelgan ishtirokchilar blits, standart va rapid yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun bahslashmoqda. Hozirda musobaqaning rapid yo‘nalishida o‘quvchilarimiz 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  “InnoWeek.Uz-2019” innovatsion g‘oyalar haftaligi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: