“Obod vatan, sog‘lom hayot – baxtimiz asosi”

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamda “Sog‘lom avlod” gazetasi tahririyati hamkorligida 2014-yil – Sog‘lom bola yili munosabati bilan umumta’lim maktabi o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida “Obod Vatan, sog‘lom hayot – baxtimiz asosi” insholar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mislsiz bunyodkorlik ishlari, yurtimiz tabiati, xalqimizning o‘ziga xos ezgu fazilatlari, milliy qadriyatlari va urf-odatlarini ulug‘lash, yoshlar o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini oshirish, mahalla va guzarlarni obodonlashtirish, mamlakatimizda yosh avlod uchun yaratilgan keng imkoniyatlardan foydalanib, ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyati aks etgan mavzulardagi insholar qabul qilinadi. Tanlov davomida insholar saralanib “Sog‘lom avlod” gazetasi sahifalarida yoritib boriladi.

Tanlov 2014-yil may oyining oxirgi haftasida yakunlanib g‘oliblar aniqlanadi. Eng yaxshi insholar mualliflari 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamda “Sog‘lom avlod” gazetasi tahririyatining faxriy yorlig‘i va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Maktublaringizni eng yaqin aloqa bo‘limlari orqali “Sog‘lom avlod” gazetasi tahririyatiga yoki fondning fondsau@yahoo.com, gazeta tahririyatining maktub@soglom.uz elektron pochtalariga yuboring.

Tanlov bo‘yicha batafsil ma’lumotni www.soglom.uz sayti orqali ham olishingiz mumkin.

Яна ўқинг:  Қоқигул

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: