Depressiya yigit va qizlarning miyasiga turlicha ta’sir o‘tkazadi
Ma’lumki, barqaror depressiyadan erkaklar ko‘proq aziyat chekadi, ayollarda esa bu holat vaqti-vaqti bilan sodir bo‘lib turadi. Bundan tashqari, depressiya erkaklarda ko‘pincha salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Kembridj universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotda 11 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 82 nafar qiz va 24 nafar yigit qatnashdi. Ularning barchasi depressiyadan aziyat chekardi. Yana 24 qiz va 10 yigitdan iborat guruh nazoratda ushlab turildi. Ishtirokchilarga ijobiy va salbiy tus berilgan so‘zlar aytildi. Shu bilan birga, tadqiqotchilar ularning miyasini tekshiruvdan o‘tkazdi.
Natijada, 15 yoshlar atrofida depressiya qizlarda ikki marta ko‘proq uchrashi ma’lum bo‘ldi. Mutaxassislar fikricha, buning sababi gavda ko‘rinishidagi muammolar, gormonal o‘zgarish va genetik omillar bilan bog‘liq. Shuningdek, depressiya yigit va qizlar miyasining turli hududlariga ta’sir qilishi ham aniqlandi. Olimlar ushbu natijalar depressiyani davolashning yangi usullarini topishda yordam beradi, deb umid qilishmoqda.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.