Yosh futbolchilarimiz g‘alabasi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotgan 2018 yilgi yigirma uch yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralash musobaqasini muvaffaqiyatli o‘tkazmoqda.

“D” guruhida BAA, Livan va Nepal terma jamoalari bilan bahslashayotgan futbolchilarimiz guruhdagi dastlabki uchrashuvni livanlik tengdoshlariga qarshi o‘tkazib, 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishdi. O‘yinning 20-daqiqasida livanlik futbolchi o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi va terma jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi. Bobur Abduxoliqov 30- va 39-daqiqalarda raqib darvozasiga yana ikkita to‘p kiritdi. 58-daqiqada Livan terma jamoasi hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa, uchrashuv 3:1 hisobida futbolchilarimiz g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda vakillarimiz nepallik tengdosh­larini 2:0 hisobida taslim etishdi.

Shuningdek, kecha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi saralashdagi so‘nggi bahsni BAA futbolchilariga qarshi o‘tkazishdi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yili Xitoyda bo‘ladigan yigirma uch yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida mezbonlar bilan birga, saralash bahslarida o‘nta guruhda g‘olib bo‘lgan jamoalar va eng yaxshi ko‘rsatkichga ega beshta davlat terma jamoalari qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.

T.ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Jismoniy faollik Alsgeymer xastaligiga qarshi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: