MTMga qamrab olinmagan bolalarga kitob­lar tarqatilmoqda

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qishloq joylardagi maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan 3–6 yoshli farzandlari bo‘lgan oilalarga 7 nomdagi kitob­lar bepul tarqatilmoqda. Ushbu to‘plamga qiziqarli ertak va she’rlar jamlangan bo‘lib, har bir ertak, rivoyat va she’rdan so‘ng berilgan savol va topshiriqlar kichkintoylarning asar g‘oyasini chuqurroq anglashiga, voqea-hodisalar haqida mulohaza yuritib, fikrini erkin ayta olishi, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishiga yordam beradi.

Kitoblar to‘plami birinchi bosqichda 200000, ikkinchi bosqichda 153000 oilaga tarqatiladi. Shu maqsadda “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy bo‘linmalari va hududiy xalq ta’limi bosh­qaruvi idoralari tomonidan oilalarning ro‘yxati shakllantirildi. Bunda ulardagi maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan 3–6 yoshli bolalar soni, oila joylashgan mahallaning tuman markazidan uzoqligi, oilaning kam ta’minlanganligi kabi jihatlar hisobga olindi.

Kitoblar to‘plami oilalarga eng yaqin joylashgan maktabgacha ta’lim muassasalari orqali tarqatiladi. Buning uchun respublika bo‘yicha 2144 ta maktabgacha ta’lim muassasasi tanlab olindi. Tegishli tavsiyanomaga ko‘ra, to‘plam ota-onalarga muassasada tuzilgan ishchi guruh tomonidan tarqatiladi.

Ishchi guruh a’zolari kitoblarni ota-onalarga tar­qatish chog‘ida foydalanish metodikasi yuzasidan tushuncha beradi. Loyihaga ko‘ra, maktabgacha ta’lim muassasasining pedagoglari har oyning belgilangan kunlari bolalar bilan uchrashib, har bir kitob­dan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

Ayni paytda barcha kitob­lar belgilangan maktabgacha ta’lim muassasalariga yetkazib, oilalarga tarqatish jarayoni boshlandi.

Xalq ta’limi vazirligi

Axborot xizmati

Yana o‘qing:  Savobli ish – ko‘ngillarni etar xush

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: