Me’yoridan ortiq ovqatlanish miya bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi

Kaliforniya universiteti professori Suneil Kolivad me’yoridan ortiq ovqatlanish miya bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishini ta’kidlaydi. The Daily Mail nashrida yozilishicha, odamlarni yog‘li ovqatlar iste’mol qilishga undaydigan immunitetli hujayralar aniqlandi. Bir vaqtning o‘zida, bu hujayralarga qarshilik ko‘rsatuvchi vosita sichqonlarda sinab ko‘rildi. Natijada, ular kam ozuqa yeganligi ma’lum bo‘ldi.

Mikrogliya hujayralariga miyaning 10-15 foiz hujayrasi to‘g‘ri keladi. Eslatib o‘tish kerakki, ilgari gipotalamus (miyaning moddalar almashinuvini nazorat qiluvchi qismi) neyronlari semirishga qarshi vositalar nishoniga aylangan edi. Bu neyronlar ovqatga bo‘lgan munosabatda muhim ahamiyatga ega. Lekin endi olimlar mikrogliya yaxshiroq samara berishini aytmoqda.

O‘tkazilgan tadqiqotlar yuqoridagi fikrlarni isbotladi. Mutaxassislar sichqonlarga to‘rt hafta mobaynida yog‘li ovqatlar berib bordi. Bu vaqt ichida yog‘ hujayralarining miqdori ko‘payishga ulgurdi. Ba’zi jonivorlarga sinovdagi PLX5622 moddasi qo‘llandi. U ovqatga bo‘lgan talabni hamda vaznni 20 fizga kamaytirgani ma’lum bo‘ldi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Enkoprezni qanday davolash mumkin?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: