Shokolad uyqusizlikdan qiynaluvchilar uchun foydali
L’Akuila universiteti xodimlari aniqlashicha, har kuni shokolad iste’mol qilish uyqu yetishmovchiligining salbiy natijalarini bartaraf qiladi. Bunga shokolad tarkibidagi flavonoid moddasi sabab bo‘ladi.
Shokoladning ijobiy ta’siri bilish qobiliyati izdan chiqqan keksalarda eng ko‘p qayd etildi. Flavonoid tufayli ularda axborotni ishlatish tezligi, diqqat, xotira va nutq ravonligi yaxshilangan.
Olimlar bu kashfiyot ayniqsa navbatchilikda turuvchi ishchilarga yordam beradi, deb umid qilishyapti.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.