O‘smirlik yoshidagi ortiqcha vazn insult xavfini oshiradi

O‘smirlar orasida harakatsizlik va boshqa omillar tufayli semirish kasalligi ko‘p kuzatilyapti. Gyoteborg universiteti tadqiqotchilari 37669 nafar erkak kishining ma’lumotlarini tahlil qilishdi va o‘smirlik paytida tana vazni ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan erkaklar insultga moyilligi aniqlandi, deb yozadi The Hindustan Times nashri.

Mutaxassislar ishtirokchilarning 8 – 20 yosh oralig‘idagi tana vazni ko‘rsatkichlarini o‘lchab ko‘rdi. Qatnashchilar yaqin 38 yil nazorat qilindi. Bu davr mobaynida 918 kishi insultni boshdan kechirdi. 8 yoshida normal holatda bo‘lib, 20 yoshlarida vazni ortgan ishtirokchilarda insult 80 foiz ko‘proq kuzatildi. Xullas, bu guruxga mansub 1800 nafar ishtirokchidan 67 tasi, ya’ni 3,7 foizi insult muammosiga duch keldi.

Shuningdek, 8 yoshida ham, 20 yoshida ham ortiqcha vaznga ega bo‘lgan odamlarda insult ehtimoli 70 foizga ko‘p bo‘ldi. Bundan tashqari, vazn ortishi va gipertoniya o‘rtasida ham bog‘liqlik borligi aniqlandi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  GO‘DAKLAR YOTGAN HOLDA SUV ICHISHI MUMKIN EMAS

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: