Surunkali og‘riqlardan jismoniy faollikni oshirish orqali xalos bo‘lish mumkin

Finlandiyadagi institutda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, yuqori darajadagi jismoniy faollik bel og‘rig‘i paydo bo‘lish xavfini 16 foizga, o‘rtacha darajadagisi esa 14 foizga kamaytiradi. 158475 nafar odamni o‘z ichiga olgan 36 ta tadqiqot ma’lumotlarini tahlil qilish asosida shunday xulosa chiqarildi.

Tadqiqot boshlanishida ishtirokchilarning hech birida bel og‘rig‘i yo‘q edi. Jismoniy faoliyat sifatida ular sport, piyoda yurish, zinadan chiqib tushish kabi harakatlarni bajardi. Tekshiruvlardan so‘ng, jismoniy faollik beldagi kuchli og‘riq xavfini kamaytirmagani, lekin surunkali og‘riqlardan himoya qilgani ma’lum bo‘ldi.

Shifokorlar jismoniy faoliyatni sayr qilish, cho‘milish kabi mashg‘ulotlardan boshlashni maslahat beradi. Shundan keyin tanada tezda o‘tib ketadigan arzimas og‘riqlar bo‘lsa, bu normal holat: mashg‘ulotni davom ettirish kerak. Agar belda jiddiy og‘riqlar bo‘lsa, unda gavdani egishni talab etadigan mashg‘ulotlar (tennis, golf) bilan shug‘ullanmagan ma’qul.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Imperator vorisiga tahdid solgan xastalik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: