Xalqaro press-klub raisi: “Oltin qalam”chilar qayerda?

“Oltin qalam”chilar qayerda? Qiziq savol, shunday emasmi? Jurnalistlar ijodiy uyushmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ma’ruzachilardan biri, Xalqaro press-klub raisi Sherzod Qudratxo‘jayev jurnalistlarga yuzlanib shunday savol berdi. Ha, esizgina, o‘sha yerda “Oltin qalam” mukofotini olganlar yo‘q ekan-da, bo‘lmasa boplab savalanarmidi… Ammo bu murojaatni faqat “Oltin qalam” mukofotini olganlarga qaratilgan, deb bo‘lmaydi. Bu savol “Oltin qalam” bilan bir qatorda jurnalistlar uchun ta’sis etilgan boshqa mukofotlarni ham qo‘lga kiritgan sovrindorlarga tegishli. Bugun nega ularning aksariyati (hammasi emas) jim?

Mazkur savolning berilishiga yetarlicha sabablar mavjud. Bugun davlatimiz rahbari har bir sohani tanqidiy ko‘rib chiqayotgan, har bir tumanni shaxsan o‘zlari borib, u yerdagi shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirayotgan bir davrda ayrim jurnalistlarning qo‘l-qovushtirib o‘tirishi, ochig‘i, yarashmaydi.

Jurnalistlar ijodiy uyushmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda shu kabi qator masalalar muhokama etildi. Ochiq nigoh bilan qaralganda, bugun haqiqiy, xalq bilan hamnafas, yelkama-elka turib, ularning dardini tinglaydigan, ular bilan birga yonib, birga muammolarini hal eta oladigan jurnalistlar kam. Tadbirda buning sabablaridan biri jurnalist kadrlarni tayyorlashdagi muammolar ekani ta’kidlandi. Bu birinchi masala.

Ikkinchi masala, jurnalistlarni yetishtirib chiqarayotgan fakultetlar masalasi. Axir, asosiy jurnalistlar shu yerdan yetishib chiqyapti.

“O‘zbekiston milliy universiteti va O‘zbekiston jahon tillari universitetidagi jurnalistika fakultetlarini birlashtirish kerak. Ularning o‘rniga esa, jurnalistlar instituti yoki akademiya ochish taklifini berish lozim. Sababi, bugun fakultetni bitirib chiqayotgan talabalarning hammasi ham jurnalist kadr bo‘lib chiqmayapti”, deydi Xalqaro press-klub raisi, Sherzod Qudratxo‘jayev.

Tadbirda, shuningdek, jurnalistlar malakasini oshirish instituti ham tashkil etilishi kerak, degan takliflar bildirildi. Zero, shifokorlar, o‘qituvchilarning malakasi oshirilayotgan bir vaqtda o‘z qolipidan chiqmay qolgan ko‘plab jurnalistlar uchun bunday institutning bo‘lishi, albatta, yaxshi.

Tadbirda ko‘tarilgan shu va boshqa masalalar bo‘yicha tez orada Xalqaro press-klubda ochiq muloqot tashkil etilishi kutilmoqda.

Nigina Hakimova

Yana o‘qing:  O‘zbekiston Bosh suitsidologi lavozimi joriy etildi - u nima uchun kerak?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: