Sog‘liqni saqlash muassasalarida dorilar yetishmasligi kabi muammolar davom etmoqda

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida parlament palatalari, siyosiy partiyalar, O‘zbekiston Ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ma’ruza qildi. Bildirilishicha, Qonunchilik palatasiga (Nurdinjon Ismoilov) – sog‘liqni saqlash sohasida, Senatga esa (Nig‘matilla Yo‘ldoshev) – ichki ishlar organlari tizimida islohotlarni amalga oshirishda mavjud vaziyatni yaxshilashga bosh-qosh bo‘lish taklif qilingan edi.

“O‘tgan vaqt mobaynida bu borada muayyan ishlar amalga oshirildi, biroq hali ularni yetarli, deb bo‘lmaydi. Men qaysi hududga bormayin, albatta, ana shu ikki sohaga alohida e’tibor qarataman. Lekin sog‘liqni saqlash muassasalarida dori-darmonlar va tibbiy-texnik vositalarning yetishmasligi, ular malakali kadrlar bilan ta’minlanmagani, binolarning talabga javob bermasligi, ichki ishlar organlarida profilaktik tadbirlar nomiga o‘tkazilayotgani, ayrim hududlarda huquqbuzarliklar soni oshib borayotgani kabi bir qator muammo va kamchiliklar davom etmoqda. Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov tibbiyot sohasi mutasaddilari axborotini ko‘proq Qonunchilik palatasida eshitmoqda. Lekin bunday ish uslubini joylarga chiqib, turli mutaxassislar bilan birga yurib, qishloq vrachlik punktlari bo‘ladimi, bolalar yoki ayollar shifoxonalari bo‘ladimi, eng kamida o‘n kun yurib, ulardagi haqiqiy ahvolni aniqlab, muammolarni ham qonuniy, ham amaliy nuqtai nazardan hal qilish yuzasidan takliflar bildirish bilan almashtirish, qisqacha aytganda, parlament nazorati bo‘yicha ta’sirchan va samarali tizim yaratish har tomonlama maqsadga muvofiq bo‘lardi. Eng asosiysi – bundan natija bo‘lishi kerak, va buni odamlar sezishi kerak”, – degan davlat rahbari.

Yana o‘qing:  KITOB BIZNI BIRLASHTIRADI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: