Tunda ovqatlanish odatidan qanday xalos bo‘lish mumkin?

Oregon va Harvard universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqot sutkalik ritmlar insonni tunda shirin, sho‘r va kraxmalli ovqatlarni yeyishga majbur qilishini isbotladi. Bu odat esa qomatning buzilishiga sabab bo‘ladi.

Mutaxassislar tunda ovqatlanmaslik uchun albatta nonushta qilish kerakligini ta’kidlaydi. Nonushta qiladigan odamlarda vazn ortishi kam uchraydi. Shuningdek, kunduzi iste’mol qilingan yeguliklar tarkibida oqsil va sellyuloza moddasi yetarli bo‘lishi zarur. Kechki ovqatni esa erta yemaslik tavsiya qilinadi.

Bundan tashqari, olimlar kechqurun televizor, planshet va smartfondan kamroq foydalanishni maslahat beradi. Chunki vaqtni bunday o‘tkazish me’yordan ortiq ovqatlanish bilan uzviy bog‘liq.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Balog‘at yoshidagi qizlar salomatligi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: