Tongda qahva ichish yaxshi odat emas

Qahva – eng ommalashgan nahorgi ichimliklardan biri. Ba’zilar hatto kunni qahvasiz boshlashni tasavvur ham qilolmaydi. Ko‘pchilikda ertalab bir stakan qahva ichish insonni xuddi sovuq dush qabul qilgandek tetiklashtiradi degan fikr mavjud. Lekin yaqinda avstraliyalik parhezshunos Lindi Koyen tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot tonggi qahva kuchiga ortiqcha baho berilganini isbotladi.

Bu ichimlikni iste’mol qilish uchun ko‘proq mos keladigan vaqtlar bor. Sababi ertalab qahva ichish organizmda stress gormonlari va buyrak usti bezi gormonlari miqdorini oshirib yuboradi. Buyrak usti bezi gormoni esa qahva ta’sirini kamaytiradi. Qahvani soat 10:00 va 12:00 oralig‘ida ichgan ma’qul. Chunki bu paytda gormon miqdori kamayadi.

Ichimlikni oxirgi marta 14:00 iste’mol qilish tavsiya etiladi. Kunning ikkinchi yarmida qahva o‘rniga choy ichgan yaxshi. Tadqiqotchining fikricha, uyquning bir maromda borishini ta’minlash uchun uxlashdan olti soat oldin qahva ichishni to‘xtatish kerak. Umuman olganda, sutkasiga 400 milligramdan ortiq kofein (ikki stakan qahvaga teng) qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Zaharlanishdan qo‘rqasizmi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: