Pediatrlar fikri: bolalar har kuni bittadan tuxum iste’mol qilishi kerak

Tuxum ratsionga oziq moddalarini qo‘shadi va bolaning bo‘yi o‘sishiga ko‘maklashadi. Bola tug‘ilganidan keyingi ikki yil bo‘y o‘sishida juda muhim davr sanaladi. Agar bu yoshda bo‘y o‘sishi ortda qolsa, uni me’yorga keltirish qiyin kechadi.

160 nafar bola ishtirokida tadqiqot o‘tkazildi. Ularning yarmi olti oy davomida har kuni tuxum iste’mol qilishdi. Qolgan yarmi esa nazoratdagi guruh sifatida ishtirok etdi.

Tekshiruvdan so‘ng asosiy guruh ishtirokchilarida rivojlanishning kechikish holati nazoratdagi guruhnikiga nisbatan 47 foiz kamroq kuzatildi. Buning ustiga, tadqiqotdan oldin asosiy guruh tarkibida yoshiga nisbatan bo‘yi kalta bolalar ko‘proq edi. Mutaxassislar bolaga 4 oylik bo‘lguncha tuxum berish mumkin emasligini ta’kidlaydi. Har qanday holatda infeksiya tarqalmasligi uchun tuxumni yaxshilab pishirish tavsiya etiladi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Ovqatning yoqimli hidi vazn ortishiga ta’sir ko‘rsatadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: