O‘zbekistonda bolalar telestudiyasi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasini beshta yo‘nalish bo‘yicha yanada rivojlantirish harakatlar strategiyasida bolalar ta’limi, tarbiyasi va salomatligi masalalariga, umuman olganda, bolalarning intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishiga katta e’tibor berilgan.

2017 yil 7 iyul kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Elektron ommaviy axborot vositalari milliy Assotsiatsiyasi (EOAVMA) O‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandumni imzolashdi va 2018 yilning oxiriga qadar bo‘lgan muddatga hamkorlik rejasini kelishib olishdi.

memorandum

YUNISEF va EOAVMA o‘rtasidagi memorandumga muvofiq ayollar va bolalar hayotini yaxshilash va farovonligini oshirishga hamda bola huquqlarini tadbiq etishga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshiriladi.

Mazkur hujjatni imzolash jarayonida hamkorlar bolalarga mo‘ljallangan yuqori sifatli tele va radio dasturlarning sonini oshirish, bolalar va yoshlarga o‘z hayotlariga taalluqli bo‘lgan mavzularda erkin fikr bildirishlari imkoniyatlarini kengaytirish hamda O‘zbekistondagi nodavlat elektron OAVlarida ayollar va bolalar mavzularini yorituvchi dasturlar sifatini oshirish yo‘nalishidagi ishlarni davom ettirish bo‘yicha kelishib olishdi.

bolalartelestd

Memorandum doirasida, ko‘plab birgalikdagi tadbirlardan tashqari, OAV xodimlari salohiyatini oshirish, shuningdek, turli auditoriya uchun mo‘ljallangan zamonaviy va qiziqarli kontent tayyorlash uchun innovatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadida Bolalar telestudiyasini tashkil etish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga hamkorlar “Markazda bolalar” deb nomlanuvchi tele- va radio-shou turkumlari, O‘zbekiston bolalari va oilalariga tegishli masalalarni ko‘tarib chiqadigan oylik dasturlar interaktiv turkumi ustida ishlashni davom ettiradilar.

N.NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  MAMLAKATIMIZDAGI 70 FOIZ DORIXONALAR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: