Uyqusizlikka genlar sabab bo‘lishi mumkin
Uyqusizlikdan millionlab odamlar aziyat chekadi. So‘nggi tadqiqotlar davomida olimlar uyqusizlikka psixologik omillardan tashqari genetik omillar ham sabab bo‘lishini aniqladi. Shuning uchun uyqu bilan bog‘liq muammolar irsiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin, deb yozadi Infox nashri.
113006 nafar odamning genomi tahlil qilindi, unga ko‘ra genomning uch hududida genlarning yettita muammoli varianti aniqlandi. Shuningdek, uyqusizlikka aloqador ba’zi genlar ruhiy siqilish va boshqa xavfli kasalliklarda ham ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi.
Ajablanarli jihati, ayollar va erkaklardagi uyqusizlikka genlarning turli variantlari ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, ikki jins vakillarining uyqu bilan bog‘liq muammolari turli fiziologik mexanizmlar natijasida yuzaga keladi. Erkaklardan ko‘ra ayollar ko‘proq uyqusizlikdan aziyat chekadi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.