“Aqlli” futbol koptogi
u quvvat manbaiga aylandi
Energiya tejovchi qurilmalarni ishlab chiqaruvchi Uncharted Play eng arzon energiya turidan foydalanishni taklif qildi.
Inson xatti-harakati yordamida olinadigan quvvat orqali ishlaydigan ilk gadjetlar “soccet” va “pulse” deb ataldi.
Kashfiyot mualliflaridan bo‘lgan Jessika Metyuz Nigeriyaga sayohat uyushtirganida elektr energiyasidan mosuvo bo‘lgan millionlab bolalarni uchratadi va unda ushbu muammoga yechim topish fikri tug‘iladi. Oradan yillar o‘tib, u Garvard universiteti talabalari yordamida “soccet” va “pulse” gadjetlarini yaratdi.
To‘p va sakrog‘ichning ichiga kinetik energiyani elektr energiyaga aylantirib beruvchi mayatniklar o‘rnatilgan. “Jarayon boshlanishi” uchun shunchaki ushbu qurilmalardan muntazam foydalanish talab etiladi. Keyin maxsus port orqali unga mobil qurilmalarni ulab, bemalol quvvat oldirish mumkin.
Sitora BOYXONOVA