Zaharli qizil chumoli: uning tarqalish hududi kengaymoqda
Zahri o‘limga olib keluvchi qizil, olovrang chumoli Janubiy Amerikadan Yaponiyaga yetib kelgan.
Asl vatani Janubiy Amerika bo‘lgan, zahri inson o‘limiga sabab bo‘luvchi qizil chumoli Yaponiyaning Nagoya shahar portidan topildi. Mutaxassislar chumolilarni portga olib kelingan konteynerlar ichidan topdi. Zaharli hashoorotlar o‘sha yerning o‘zida yo‘q qilindi. Ammo kema Yaponiyaga kelgunga qadar boshqa bir qancha davlatlarning portiga ham to‘xtagan. Entomologlar chumolilarning butun dunyo bo‘ylab tarqalishidan xavfsiramoqda. 2017 yilning may oyida qizil chumolilar xuddi shu tarzda, konteyner ichidan Yaponiyaning Kobi portida ham topilgan edi.
Ularning zahri juda kuchli bo‘lib, allergiyadan aziyat chekuvchi insonlar uchun xavflidir.
Kamola ABDUSHUKUROVA,
poytaxtimizdagi 41-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi