Farmatsevtika sanoati: aholi uchun qanday qulaylik yaratilmoqda?

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Respublika aholisini sifatli dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash borasida belgilangan chora-tadbirlar” mavzuidagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanda respublikamiz aholisini dori-darmon vositalari bilan ta’minlash, sohada bu borada yuzaga kelayotgan yutuq va kamchiliklar xususida so‘z yuritildi. Ulgurji va chakana korxonalardan hisoblangan “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida 8 ta aksiyadorlik va 12 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, 17 ta dorilar omborxonasi, 15 ta nazorat-tahlil laboratoriyasi hamda respublikamizning barcha hududlarida jami 1 ming 400 dan ortiq dorixona muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ahamiyatlisi, kompaniya tarkibidagi dorixona muassasalarining 76 foizdan ortig‘i qishloqlarda joylashgan bo‘lib, 2017 yilning o‘tgan davrida QVPlar, qishloq oilaviy poliklinikalaridagi dorixona shaxobchalari tomonidan qishloq aholisiga 15,9 mlrd. so‘mlik savdo xizmati ko‘rsatildi. Hozirda mahalliy hokimiyatlar bilan kelishilgan jadval asosida respublikamizning chekka hududlaridagi aholiga ko‘chma dorixonalarda kerakli dori vositalari va tibbiy buyumlar yetkazilmoqda. Joriy yilning uchinchi choragida ko‘chma dorixonalarning umumiy soni 154 taga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining taqsimotiga binoan 2017 yilda 12,56 mlrd. so‘mlik tender shartnomalari bo‘yicha keltirilgan hayotiy zarur dori vositalari respublikamizning barcha hududlariga yetkazib berildi. Aholini sifatli va arzon narxlardagi dori vositalariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida kompaniya tomonidan joriy yil oxirigacha umumiy qiymati 7,86 mln. dollarga teng 5 ta investitsion loyihalarni ishga tushirish va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Yana o‘qing:  Shomahmudovlar oilasiga qo‘yilgan yodgorlik ochildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: