Maktablarga “yoshlar yetakchisi” qaytariladi

2017-2018 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “katta yetakchi” va “to‘garak rahbari” shtat birliklarini tugatish hisobiga lavozim maoshi yuqori sinf o‘qituvchisiga tenglashtirilgan “yoshlar yetakchisi” shtat birligi joriy etildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.

Farmonda shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida “yoshlar yetakchisi” vazifasi yuklatilgan xodimga o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan oliy ma’lumotli o‘qituvchi bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida har oylik ustama belgilanishi ko‘rsatilgan.

Farmonda shuningdek, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoshida yoshlarning xohish va intilishlaridan kelib chiqib, yoshlar uyushmalari hamda yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tashkil etilishi belgilab berilgan.

Farmonga ko‘ra, buyuk davlat arbobi Sohibqiron Amir Temurning vatanga sadoqat, el-yurtni ardoqlash, mardlik, fidoyilik va adolatparvarlik kabi yuksak fazilatlari yosh avlod uchun o‘rnak bo‘lib xizmat qilishini inobatga olib, respublikaning barcha harbiy akademik litseylariga “Temurbeklar maktabi” nomi beriladi.

Endilikda yoshlarning ilmiy va ijodiy faoliyat natijalarini, ilm-fan va adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini hamda yoshlar siyosatiga oid muhim yangiliklarni keng yoritish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining nashrlarini chop etishga ixtisoslashgan “Yoshlar nashriyot uyi”ni tashkil etish ko‘zda tutilgan. Qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, iste’dod va qobiliyatini yuzaga chiqarish, ular orasida haqiqiy yetakchilarni tarbiyalash ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida “Qizlarjon” jurnali ham ta’sis etiladi.

Yoshlarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan “Men sevib o‘qigan kitob” va “Eng yaxshi kitobxon” respublika tanlovlari, “Kitob bayrami” va “Bolalar kitoblari” an’anaviy respublika festivallari, vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik hissini qaror toptirishga qaratilgan aksiyalar, yozuvchilar, shoirlar, san’atkorlar, adabiyotshunos olimlar bilan ijodiy uchrashuvlar va master-klasslar tizimli tashkil etilishi belgilandi.

Yana o‘qing:  Andijon shahrida bo‘g‘ma kasalligiga gumon qilingan tashxis tasdiqlanmadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: