Qanday qilib uyqu sifatini oshirish va uyqusizlikdan himoyalanish mumkin?

Buning juda oddiy yo‘li bor: uxlashdan oldin paypoq kiyib yotish kerak. Bu usulning samarasini olimlar yuzdan ortiq ko‘ngilli ishtirokchilar misolida sinab ko‘rishdi. Ba’zi odamlar paypoq kiyib, ba’zilari esa paypoqsiz holda uxladi. Paypoq kiygan odamlar tezroq uyquga ketdi. Olimlar buning siri oyoq tomirlarining kengayishi va shundan keyin issiqlikning butun badan bo‘ylab bir maromda taqsimlanishida deb hisoblamoqda.

Uyqusizlikning asosiy sabablaridan biri – termoregulyasiyaning (odam tanasidagi haroratning doim bir xil bo‘lib turishiga xizmat qiladigan fiziologik jarayonlar) buzilishi. Paypoq aynan haroratni barqaror ushlab turishga xizmat qiladi. Natijada inson tez uyquga ketadi, kechasi kam uyg‘onadi, tiniqib uxlaydi. Shu sababli organizm to‘liq dam oladi va tun davomida qayta tiklanadi.

Tadqiqotchilar zararli ta’sirga ega bo‘lgan uyqudorilarni qo‘llashdan oldin yuqorida ko‘rsatilgan usulni sinab ko‘rishni maslahat beradi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  No‘xatli taom

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: