Jiddiy kechinmalar inson yuragida o‘chmas iz qoldiradi

“Parchalangan yurak sindromi” yurak muskullarining shikastlanishi bilan xarakterlanadi va kuchli emotsional kechinmalar (masalan, yaqin kishisidan ayrilish) tufayli qo‘zg‘alishi mumkin deb yozadi News-medical.net sayti. Uning alomatlari yurak hurujini eslatadi. Yaqin vaqtgacha yurak ruhiy siqilishdan so‘ng normal holatga qaytadi deb hisoblanar edi. Lekin tekshiruvlardan ma’lum bo‘lishicha, zararlanish uzoq vaqt saqlanib qoladi, hatto surunkali bo‘lib qolishi ham mumkin ekan.

Aberdin universiteti xodimlari ushbu kasallikka yo‘liqqan 52 nafar bemorning holatini tadqiq qildi. Kuzatuv 4 oy davom etdi. Ultratovushli yurak tekshiruvi o‘tkazildi. Natijada, ushbu sindrom sababli yurakning qon haydab berish qobiliyati zararlanishi aniqlandi. Yurakning qisqarishi me’yordan ko‘ra zaifroq edi, organning ba’zi joylarida chuqur chiziqlar ham kuzatildi. Ular yurakning egiluvchanligini pasaytirib, me’yorda qisqarishiga to‘sqinlik qiladi.

Bugungi kunda muammo paydo bo‘lgandan so‘ng, sindromning salbiy ta’siri 4 oygacha saqlanib qoladi deb bemalol aytish mumkin. Lekin olimlar ba’zi ta’sirlar insonning butun umri davomida saqlanib qoladi, deb taxmin qilishmoqda.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Qandli diabetdan saqlanishning 8 usuli

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: