Yuqori xolesteringa qarshi birinchi vaksina odamda sinab ko‘rishga tayyor
Vena tibbiyot universitetida xolesterin miqdorini kamaytiradigan yangi vaksina sinovdan o‘tkazildi. Uni ishlab chiquvchilar sichqonlarda tajriba o‘tkazib, ijobiy natija oldilar va endilikda klinik sinovlar o‘tkazishga tayyorlanmoqda. Vaksina faqat bir vazifani bajaradi – cho‘kindilarning tomirga to‘planib qolishidan himoya qiladi. Vaksina immunitetni PCSK9 oqsili bilan kurashishga undaydi, shu bilan birga zararli xolesterinning qon yo‘llariga tiqilib qolishdan saqlaydi. Umuman olganda, vaksina zararli xolesterin miqdorini 12 oy mudatga 50 foizga qisqartiradi va aterosklerozdan (yurak va qon tomirlari sklerozi) saqlaydi.
Har kuni tabletka qabul qilgandan ko‘ra yilda bir marta emlangan ma’qul.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.