“Virtual tanishuv” yoxud baxtini “Telegram”dan izlaganlar

Bugungi texnika asrida yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan kishilarning deyarli 90 foizi uyali aloqa vositasidan keng foydalanmoqda. Avvaliga faqat muloqot vositasi sifatida kashf etilgan telefonning vaqti kelib shu darajadagi mukammal texnologiyaga aylanib ketishini hatto ushbu yangilik ixtirochisining o‘zi ham o‘ylamagan bo‘lsa kerak…

Kundan kunga tashqi ko‘rinishi, imkoniyat darajasi kengayib borayotgan uyali aloqa vositalari bevosita hayotimizning, turmushimizning muhim bir bo‘lagiga aylanayotgani hech birimizni ajablantirmay qo‘ydi. Uning ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan salbiy jihatlari ham namoyon bo‘lib, ko‘pchilikni gangitib qo‘yayotgani ham bor gap.

Birgina misol: ijtimoiy tarmoq orqali tanishib qolgan yigit va qiz oradan bir oy o‘tar-o‘tmas shunchalar yaqin bo‘lib ketishdiki, virtual olamda ular go‘yo er-xotinga aylanishdi-qolishdi. Yozishmalar mavzusi shu qadar ochiq va oshkora bo‘lib, o‘rtadagi hayo tushunchasi na yigitning va na qizning esiga kelmadi. Bir-birini obdon “sinagan” yoshlar uchrashuv belgilashdi. Yuz ko‘rishganlarida esa… dahshatdan qotib qolishdi. “Telegram”dagi profiliga dunyo go‘zallaridan birining suratini qo‘yib, barchaning e’tiborini qaratishga chog‘langan qiz, Gollivudning eng mashhur kinoaktyori rasmini “asosiy tanishuv chehrasi” sifatida virtual olamga joylashtirgan yigit… aka-singil bo‘lib chiqishdi?!.

Bunday vaziyatda asl aybdor kim? Tirikchilik ortidan farzandlariga keragicha vaqt ajrata olmayotgan ota-onami yoki ularning ishonchini suiiste’mol qilayotgan nobakor farzandlarmi?

Masalaning yana bir tomoni bor. Bu yoshlarning bilib-bilmay qilgan xatosini beboshlikka yo‘ysak, mustaqil hayotga qadam qo‘yishga ulgurgan, bir-ikki nafar farzand­li yosh ota-onalarning virtual olamda nomahram erkagu ayollar bilan topishib olishiga nima deysiz? Ular dilbandlarini chetga surib qo‘yib, real hayotdagi baxtini virtual olamning noma’lum, oniy hoyu-havaslariga almashishi to‘g‘rimikan?! Bo‘ynida ro‘zg‘or mas’uliyati bo‘la turib, ijtimoiy tarmoqlardagi dugonalari bilan kuni bo‘yi vaqtini besamar o‘tkazadigan, shaxsiy sirlarini ham suratlari bilan bo‘lishadigan kelinchaklarga beixtiyor “Sen o‘zi turmushga chiqdingmi yo birovlarga o‘zingni, sepingni ko‘z-ko‘z qilish uchun oila qurding­mi?”, deb yuborging keladi.

Yoshi ulug‘ onaxonlarimiz ayol kishi uyning fayzi, saranjom-sarishtaligiga javobgardir, deb uqtirishgan bolaligimizdan. Yana shuni ham ta’kidlashganki, onalar uyning ko‘rpasi, har qanday vaziyatda o‘z qo‘rg‘onidagi vaziyatni birovlarga ovoza qilmay, ortiqcha oshkoralikka berilmay hal etishi lozim. Shu nuqtai nazardan fikr yuritsak, telefondan qay tarzda, nima maqsadda foydalanish insonning o‘ziga bog‘liq. Axir hech birimizga sir emaski, kitob­larning elektron variantini telefoniga yuklab olishdek qulayliklar mavjud, bu orqali kishi ham vaqtini sermazmun o‘tkazadi, ham ­dunyoqarashini kengaytiradi. Mavjud imkoniyatga noto‘g‘ri yondashuv esa aslo yaxshilik keltirmaydi.

Yana o‘qing:  TOSHKENTDA YANA BIR NUFUZLI MUSOBAQA

Shirin ABDURAZZOQOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: