Korrupsiya – rivojlanishga to‘siq

Korrupsiya – bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlari taraqqiyotiga rahna solayotgan jiddiy muammodir. U chegara bilmay, jamiyat hayotining barcha jabhalariga, qadriyatlar tizimiga kirib borib, odob-axloq me’yorlarini buzadi. Erkin va demokratik tamoyillarga, fuqarolarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadi.

Ayni paytda mamlakatimizda davlatimiz rahbarining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida “2017–2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha” davlat dasturi tasdiqlandi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiya tuzildi.

Mazkur komissiya korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etadi. Unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorligini yo‘lga qo‘ydi. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda ta’magirlikka qarshi munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini ta’minlaydi. Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni aniqlash, muammoga chek qo‘yish, unga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

– Ushbu yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar milliy qonunchiligimizni taraqqiy ettirish va takomillashtirish hamda uni inson xuquqlariga doir xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga xizmat qiladi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi “Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish” boshqarmasi prokurori Karimjon Musashayxov. – Qolaversa, bu orqali Inson huquqlari bo‘yicha Milliy institutlarni yaratish va rivojlantirish, jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalarini ushbu jarayonga faol jalb qilishga keng e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari aholining xuquqiy ongini yuksaltirishda OAVning ishtirokini ta’minlash, hududlardagi muammolarni o‘rganish vazifa qilib belgilangan.

Jamiyatda bu kabi illat avj olmasligi uchun nafaqat mas’ul shaxslar, balki har bir fuqaro o‘z hissasini qo‘shishi zarur. Bu fuqarolarimizda qorrupsiyaga, aniqroq aytganda, har qanday qonunbuzarlikka nisbatan befarq bo‘lmaslikka undaydi.

Charos XUSHVAQTOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Xushxabar raqamlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: