Boks: yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati boshlandi

Tailandda yoshlar o‘rtasida boks bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi. 1-7 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan musobaqada O‘zbekiston sharafini o‘n nafar sportchi himoya qiladi.

Yoshlar terma jamoasi tarkibidan Samandar Xolmurodov, Abdumalik Xalakov, Zoirjon Jumanazarov, Saidjamshid Ja’farov, Bilolbek Mirzarahimov, Farrux Ilhomov, Rajabboy Otanazarov, Temur Ergashev, Lazizbek Mullajonov kabi bokschilar o‘rin olgan.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi katta murabbiyi Hamid Tangribergenov tarkibga o‘z yoshi va vazn toifasida mamlakatimizda eng kuchli bo‘lgan bokschilarni jalb qildi.

Ushbu sportchilarga to‘xtaladigan bo‘lsak. Ular:

Samandar Xolmurodov — 2016 yilgi O‘zbekiston kubogi g‘olibi, Rossiyadagi xalqaro turnirda 1-o‘rin.

Abdumalik Xalakov — Jizzaxdagi «Barkamol avlod — 2017» o‘yinlari g‘olibi.

Zoirjon Jumanazarov — 2016 yilgi O‘zbekiston kubogi va «Barkamol avlod — 2017» o‘yinlari g‘olibi.

Saidjamshid Ja’farov — 2015 yili o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida kumush medal sohibi.

Bilolbek Mirzarahimov — 2015 yilda o‘smirlar o‘rtasida Osiyo va jahon chempioni. 2016 yil yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni va jahon chempionati kumush medal sovrindori.

Farrux Ilhomov — 2016 yilgi O‘zbekiston kubogi g‘olibi.

Rajabboy Otanazarov — 2016 yilgi O‘zbekiston kubogi g‘olibi.

Temur Ergashev — 2016 yilgi O‘zbekiston kubogi g‘olibi.

Profsor Rorimsha — 2015 yili o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori.

Lazizbek Mullajonov — 2016 yilgi O‘zbekiston kubogi g‘olibi.

Bugun dastlabki janglar o‘tkaziladi. 49 kilogrammgacha vazn toifasida Samandar Xolmurodov iroqlik Muhammad Zuhayriy bilan kuch sinashadi. 52 kilogramm vazn toifasida Abdumalik Xalakov tailandlik Xitvanna Nivakka qarshi ringga chiqadi. Vazni 75 kilogramm bo‘lgan bokschilar bahsida Rajabboy Otanazarov ilk jangini Xitoy Taypeyidan kelgan Chia Yen Xsiyexga qarshi o‘tkazadi.

N.NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  Yosh shaxmatchilarmiz jahon chempionatida 3 medal olishdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: