Koreyalik olimlar saratonga qarshi yangi dori ustida ish olib boryapti

Janubiy Koreyalik olimlar ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik – remaniyadan saratonga qarshi noyob modda olishdi. Bu modda saraton hujayralarini yo‘q qilish xususiyatiga ega. Olimar ushbu vositadan miya saratonini davolashda ham foydalanish mumkinligini aniqladi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra remaniya polisaxaridi immun tizimini saratonga qarshi kurashishga undaydi. Shunday ekan, tez orada saratonga qarshi yangi dori paydo bo‘lishi kutilyapti, deb xabar beriladi The Korea Herald gazetasida.

Italiyalik vrach Tullio Simonchini bo‘lsa saratonni ichiladigan soda (bikarbonat) vositasida yo‘q qilish mumkin bo‘lgan zamburug‘ deb hisoblaydi. 2006 yilda u bemorlaridan biri vafot etgani tufayli sudlanib, firibgar va qotil sifatida ayblandi. U saraton gendagi uzilishlar va ichki hujayralar jarayoni orqali yuzaga kelmaydi, deb ishongan edi.

Vrachning bayonoti tibbiyot doirasida jiddiy muzokaralarni keltirib chiqardi. Uning o‘zi bikarbonatni 20 yildan ortiq vaqt mobaynida saratonni davolash uchun qo‘llab kelgani va bu 100 foiz samara berganini ta’kidladi. “Zamonaviy onkologiya saratonga chalinganlarning barcha savollariga javob bera olmaydi. Bizning vazifamiz kasallikka qarshi haqiqiy dorini topish. O‘simliklarda zamburug‘ infeksiyasi saratonga o‘xshash kasalliklarni chaqirishi mumkin. Odamlarda ham xuddi shunday. Zamburug‘ saratonni qo‘zg‘atadi, immunitetni zaiflashtiradi, keyin esa butun tanaga hujum qiladi. Saraton o‘smasi – bu deformatsiyalangan hujayralar to‘planadigan va shakllanadigan yara.

“O‘smani yo‘q qilishning yaxshi usuli bu bikarbonatdan foydalanish”, deydi Simonchini.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Xafaqon bilan og‘rigan bemor, ob-havo “injiqliklari”ga bee’tibor bo‘lmang!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: