Qonunchilikda yangi loyihalar taqdimoti

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi yig‘ilishida ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik qator qonun loyihalari birinchi o‘qishda muhokama qilindi.

Unda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasining mazmuni, undagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar xususida so‘z yuritildi.

Yangi qonun loyihasi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquq va vakolatlarini yanada kengaytirishga, faoliyat samaradorligini oshirishga, fuqarolar yig‘inlarining davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yig‘ilishda “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham ko‘rib chiqildi.

– Mazkur qonun loyihasi foydali qazilmalarni qazib olishning belgilangan tartibini buzganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslarning javobgarligini kuchaytirish, foydali qazilmalarning muhofaza qilinishi va ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlashni yanada kuchaytirishga qaratilgan, – deydi Qonunchilik palatasi deputati Odinaxon Jamoliddinova. – Bunda davlat nazoratining samaradorligini ta’minlash, tabiiy resurlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish nazarda tutilgan.

S. ShOYEVA,

O‘zA

Yana o‘qing:  Ta’tilda bilimlar bahsi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: