Oqsil parhezi uyquni yaxshilaydi
AQSHning Perdyu universiteti parhezshunoslari yuqori darajada oqsil iste’moli semirish bilan azob chekayotgan kattalarning uyqusini yaxshilashini aniqlashdi.
Olimlar oqsil miqdori ko‘p bo‘lgan va energetik miqdori kam bo‘lgan taomlarni tanovul qilish ortiqcha og‘irlikdan qiynalayotgan odamlarga qanday ta’sir qilishini tekshirishmoqchi bo‘lishdi. Buning uchun ular ikkita tajriba o‘tkazishdi. Birinchisida 53 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan tanasining vazn indeksi yuqori bo‘lgan 14 nafar kishi mol, cho‘chqa go‘sht, soya va dukkakli mahsulotlarga asoslangan parhezga amal qilishdi. Har oyning yakunida qatnashuvchilar uyqularining sifatini baholashdi. Natijada oqsilning organizmdagi miqdorining ko‘payishi va uyquning sifati oshishi kuzatilgan.
V.PO‘LATOVA