Bugun Toshkentda 9-sinf bitiruvchilarining ota-onalari o‘rtasida 10-11-sinflarni joriy etish bo‘yicha so‘rov o‘tkaziladi
18 iyun kuni Toshkentdagi o‘rta umumta’lim maktablarida 2017 yilda 9-sinfni bitirgan o‘quvchilarning ota-onalari o‘rtasida so‘rov tashkil qilinadi, deya xabar bermoqda “Uznews.uz”.
Bunday farmoyish 17 iyun kuni o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatovga berildi.
Shundan keyin muassasa rahbari poytaxtdagi o‘rta umumta’lim maktablariga ota-onalar orasida so‘rov o‘tkazish haqida buyruq berdi.
18 iyun kuni 8:00 dan 16:00 ga qadar o‘tkaziladigan so‘rovnomada har bir ota-ona taklif qilingan javoblardan birini tanlashi kerak, ya’ni 10—11-sinflarni joriy etish borasida rozilik yoki rad javobi berishi kerak bo‘ladi. So‘rov natijalari hukumatga shu kuniyoq taqdim etiladi.
Ota-onalar uchun so‘rovnoma namunasi quyidagicha ko‘rinishga ega:
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning sentyabr oyidan boshlab Toshkentning har bir tumanidagi 4 tadan maktablarda 10—11-sinflarni ochish rejalashtirilayotgani xabar berilgan edi.