Ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

Xalq ta’limi vazirligi T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tomonidan 2017 yilning 15 iyun kuni “Ilmiy-pedagogik va o‘kuv-metodik nashrlar orqali informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish: profilaktika, texnologiya va mexanizm” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyada Xalq ta’limi vazirligining mas’ul xodimlari, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, vazirlik va tashkilotlarning xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari, maktab o‘qituvchilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar, umuman, ommaviy axborot vositalarida berilayotgan informatsiyaviy taxdidlarga qarshi kurashishni ta’minlash bo‘yicha respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar va ularning amaliy natijalarini muhokama qilish, informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashishda ta’lim tizimi oldida turgan strategik, ustuvor vazifalarni belgilab olishga e’tibor qaratdilar.

Shuningdek, informatsion tahdidlarga qarshi kurashishda ilmiy-pedagogik xodimlarning ma’naviy-axloqiy, pedagogik va psixologik dunyoqarashini, siyosiy nuqtai nazari va e’tiqodini mustahkamlash masalasida ham qizg‘in munozaralar bo‘ldi.

Konferensiyada mamlakatimiz aholisini, ayniqsa, yoshlarni ommaviy axborot vositalari orqali kirib kelayotgan turli zararli va buzg‘unchi g‘oyalardan saqlash, ularning jismoniy holati va sog‘ligiga zarar yetkazuvchi ma’lumotlardan himoya qilishda barcha mutasaddi tashkilot va idoralar bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilsagina, ko‘zlagan maqsadga erishish mumkinligini e’tirof etishdi.

Xalq ta’limi vazirligi

Axborot xizmati

Yana o‘qing:  El salomatligi e’tiborida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: